Bugun, 7-sentabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev universitetimizning 1-2-3 talabalar turar joylarida bo’lib, talabalar bilan uchrashdi va ularga yaratilgan sharoitlarni o'rgandi.
Dastlab, rektor mas'ullar bilan birgalikda boshqa viloyatdan va chekka hududlardan kelgan talabalarni muammosiz yotoqxonaga joylashgani, ularning yashash sharoitlari, talabalar turar joyida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
So'ngra talabalar turar joyidagi kutubxona, dam olish xonasi, oshxona va yashash xonalarning umumiy holati o'rganilib, kamchiliklar bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
O'rganilgan muammolarning ayrimlari joyida bartaraf etildi. Rektorning bu kabi o'rganishlari shu bilan o'z nihoyasiga yetgani yo'q. Bu faoliyat davom etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI