Joriy yilning 5-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Dastlab, hududda o’rnatilgan katta ekranda Andijon viloyat hokimining talaba-yoshlarga bag’ishlangan tabrigi jonli efirda namoyish etildi.
Viloyat hokimi tabrigi yakunlangach, universitet rektori Akramjon Yuldashev so’z olib, yig’ilganlarni yangi 2022/2023 o’quv yili bilan qutladi va ushbu yilda ham yuqori marralarni zabt etishlarini tilab, bayram tadbirini ochib berdi.
Davlatimiz madhiyasi barcha ustoz va talabalar jo’rligida yangradi. Shundan so’ng, Filologiya fakulteti dekani Bahodir Rahmonov so’z olib, barchani bugungi ayyom bilan qutladi.
Tadbir ko’tarinki kayfiyatda o’tdi va yorqin lahzalarga boy bo’ldi. Talabalar xush kayfiyatda o’quv mashg’ulotlariga yo’l olishdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI