Joriy yilning 30-avgust kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida Kengashning 2022/2023-o'quv yilidagi 1-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Dastlab, universitet rektori yig'ilganlarni Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan tabriklab, universitetimiz tabiiy fanlar fakulteti professori M.Mamajonovni 1-darajali "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni sohibi bo'lganligi hamda Bahodir Rahmonovning fan doktori ilmiy darajasidagi diplom olganligi bilan samimiy qutladi.
Shundan so'ng, kun tartibida ko'rilayotgan masalalarga o'tildi. Yig'ilishda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
Prezident farmon va qarorlari hamda uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarini belgilash va berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.
Yillik ish reja Kengash a'zolari tomonidan ko'rib chiqildi va tasdiqlandi.
Yangi o'quv yilida talabalarni o'qitishni modernizatsiya qilish bo'yicha yig'ilganlarning fikri tinglandi va ko'rsatmalar berildi.
Universitetda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish, bu bo'yicha kerakli shart-sharoitlar yaratish hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI