Andijon Davlat
Universiteti
MUXBIR DALIYEV TELEGRAM KANALIDA "АДУ ТАЛАБАСИНИНГ МУРОЖААТИ" SARLAVHASI BILAN E'LON QILINGAN MUROJAAT YUZASIDAN RASMIY MUNOSABAT
2022-08-30    400

So‘nggi yillarda bitiruvchilarni oliy ta'limga qamrovini oshirish, pedagogik ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yangilash maqsadida mamlakatimizdagi qator universitetlar qoshida pedagogika institutlari tashkil etildi. Ushbu o‘quv yilidan Prezidentimizning 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-sonli Qaroriga asosan ayrim universitetlar qoshidagi pedagogika institutlari qatorida Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti ham mustaqil Andijon davlat pedagogika instituti sifatida tashkil etildi.

Qarorga ko‘ra, Andijon davlat universitetiga qarashli 6-talabalar turar joyi ham Andijon davlat pedagogika instituti balansiga o‘tkazilgan. Shunday bo’lsada, ADU rahbariyati ADPI rahbariyati bilan kelishib universitetning san’atshunoslik fakultetida tahsil oladigan talabalarning ayrimlariga, yani olib yurish uchun noqulay, katta va og'ir cholg‘u asboblariga ega bo’lgan talabalarga 6-TTJdan joy ajratilganligini ma’lum qilamiz.

Mazkur masalada A.Hamraqulovga murojaat qilishingiz mumkin. Telefon raqami +998937806551

Andijon davlat universiteti o‘z faoliyatiga oid masalalarda mavjud muammolarni ko‘rsatib, unga ijobiy yechim topilishida xissasini qo‘shayotgan OAV va blogerlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.