Joriy yilning 24-avgust kuni Andijon davlat universitetining yangi 2022/2023-oʻquv yiliga tayyorgaligini oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi inspektori mayor B. Xoʻjamov boshchiligidagi ishchi guruhi tashrif buyurdi.
Ishchi guruh bilan birgalikda universitetning birinchi prorektori A. Hamraqulov hamda universitet profilaktika katta inspektori, mayor U. Nazarovlar oliygohimizdagi o‘quv binolar, laboratoriya xonalari va talabalar turar joylarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Tadbir davomida ishchi guruh universitet hududi bilan tanishdi, talabalarning yashash sharoitlarini o'rgandi. Hududda mavjud kuzatuv kameralarining holati baholandi.
Bundan tashqari, ishchi guruh universitetda yangi tashkil qilingan profilaktika katta inspektorining xizmat xonasi bilan ham tanishdi.
Tadbir soʻnggida mayor B.Xoʻjamov talabalar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha oʻz tavsiya va maslahatlarini berib oʻtdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI