Andijon Davlat
Universiteti
XORIJIY OTMLARDAN ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA ALOHIDA IQTIDOR TALAB QILUVCHI TAЪLIM YOʻNALISHLARI UCHUN KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BOʻLIB OʻTMOQDA
2022-08-21    997

Bugun, 21-avgust kuni Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan Andijon davlat universitetiga alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchiruvchi talabgorlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.

 

Bugungi imtihon jarayonlari ikki smenada: ertalabki 8:00 dan 19:00 gacha oʻtkaziladi va ushbu jarayonda 8 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha jami 434 nafar talabgorlar imtihon topshirishi belgilangan.

 

 Oʻtkazilayotgan ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazishda vazirlikning masʼul xodimlari nazorat qilib bormoqdalar.

 

Imtihonlarni adolatli oʻtishini taʼminlash maqsadida universitetimizning imtihon oʻtkaziladigan hududlari 24 soat kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Talabgorlarning ota-onalari va barcha qiziquvchilar live.adu.uz platformasi orqali imtihonlarni jonli efirda kuzatib borishlari mumkin.

 

Imtihonlarga malakali tibbiy xodimlar, milliy gvardiya hamda ichki ishlar xodimlari jalb etilgan boʻlib, jarayonlardagi koʻngilsiz hodisalarning oldini olishni nazorat qilib bormoqdalar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.