Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA SARKARDA VA QO'MONDON SHERMUHAMMADBEK HAQIDA HUJJATLI FILM TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI
2022-08-18    584

Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida sarkarda va qo'mondon Shermuhammadbek haqida hujjatli film taqdimoti bo'lib o'tdi.

Ushbu filmning taqdimot marosimida Andijon davlat universiteti rektori A.Yuldashev, film mualliflari professor R.Shamsutdinov, N.Razzoqov, professor- o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

 

Dastlab tadbirni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev o‘zining film haqidagi iliq fikrlari bilan ochib berdi. So‘ngra film taqdimotidan oldin diniy ulamo vakili o'tganlar ruhi va boshlanajak ishlar rivojini tilab, Qur'on tilovat qildi.

Ushbu filmning ssenariy mualliflari orasida Andijon davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Rustambek Shamsutdinov ham bor. Tariximizni xolisona va haqqoniy yoritish, istiqlolga jonini tikkan ajdodlarimiz, millatimizning fidoyi qahramonlari, qo‘mondonu lashkarboshilarning hayot yo‘li, mardona kurashlari, taqdirini bilish, ularning ijtimoiy-siyosiy qiyofasini tiklash, bor haqqoniyatni adolat bilan avlodlarga yetkazish muhim va mas’uliyatli vazifa hisoblanadi.

Ana shunday sarkarda, qo‘mondonlardan biri Shermuhammadbek haqida hujjatli film mamlakatimiz viloyatlari orasida birinchi bo'lib Andijon davlat universitetida bo'lib o'tdi.

Hujjatli filmda milliy qahramonimizning hayot yo‘li, jasorati atroflicha yoritib berilgan, muhim ma’naviy-ma’rifiy vazifa sidqidildan bajarilgan. Mazkur hujjatli film keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarimizga manzur bo‘lishiga chin dildan ishonamiz.

 

Premyera yakunlangach, tadbir mutasaddilari hamda yig'ilganlar ishtirokida film muhokamasi bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.