Andijon Davlat
Universiteti
OʻQUV JARAYONLARINI KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA TASHKIL ETISH BOʻYICHA SEMINAR-TRENING BOʻLIB OʻTDI
2022-08-18    685

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tegishli buyrugʻiga asosan hududlarda oʻquv jarayonlarini kredit-modul tizimiga oʻtkazish boʻyicha seminar-trening o'tkazilmoqda.

Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Esonov Muzaffar rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan vodiy viloyatlarida ham ana shunday seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Bugun, 18-avgust kuni Andijon viloyatidagi barcha OTMlarda faoliyat yuritayotgan oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlar, oʻquv-uslubiy boshqarma boshliqlari, kredit-modul tizimiga masʼul xodimlar hamda boʻlim boshliqlari uchun Esonov Muzaffar tomonidan kredit-modul tizimini joriy etish samaradorligi borasida bilim va koʻnikmalar berib oʻtildi.

Ishchi guruh tomonidan seminar ishtirokchilariga kredit-modul tizimida oʻquv jarayonining uslubiy taʼminoti, kredit-modul tizimida talabaning mustaqil mashgʻulotlarini tashkil etish hamda ushbu tizimni raqamlashtirish mavzulari keng tushuntirib oʻtildi hamda amaliy vazifalar yuklatildi.

Seminar yakunida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari, o‘quv-me’yoriy hujjatlar, kredit-modul tizimi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.