Maʼlumki, korrupsiya jamiyatni rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirishga sabab boʻladigan omil sifatida baholanadi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga ogʻdirish” degan maʼnoni anglatadigan lotincha “corruptio” soʻzidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining taʼkidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishni ifodalovchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir. Bu holatni ta'lim jarayonida ham kuzatish mumkin.
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erishib boʻlmasligini hayotning oʻzi koʻrsatmoqda. Oʻylaymizki, bunday maʼnaviy buzilish holatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz masʼuldirlar.
Shunday ekan, davlat va jamiyat, shu bilan birga nodavlat notijorat tashkilotlari bunday illatni oldini olish va unga qarshi kurashdagi birgalikdagi harakatgina samarali natijalarga erishishning eng maqbul yoʻli boʻlib hisoblanadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI