Yangi 2022/2023-o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shunday ekan tegishli mas’ullar har bir kundan unumli foydalangan holda ta'lim muassasalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishi, ta’mirlash ishlarini jadallashtirib, universitetni yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirishlari zarur.
Bugun, 17-avgust kuni Andijon davlat universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Rustamjon Mullajonov ishtirokida 2022-2023-o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish ishlarini samarali tashkil qilish bo'yicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yig'ilishda oʻquv uslubiy boshqarma boshlig'i o'rinbosari hamda barcha fakultetning o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari ishtirok etdilar.
Yig'ilish davomida dekan o'rinbosarlariga oʻquv soatlari va dars jadvallarini oʻquv jarayoni boshlangunga qadar taqsimlash, oʻquv hamda laboratoriya xonalarini shay holatga keltirish, taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, talaba-yoshlar yangi oʻquv yilida hech qanday muammoga duch kelmasligiga zamin yaratish masalalari atroflicha oʻrganildi.
Yig'ilish so'nggida Rustamjon Mullajonov yuqoridagi masalalar boʻyicha dekan o'rinbosarlariga mas'uliyat bilan yondashib, yangi o'quv yilini samarali tashkil qilish bo'yicha tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berib oʻtdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI