Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA TYUTORLARNI ISHGA QABUL QILISH UCHUN SUHBAT JARAYONLARI BO'LIB O'TMOQDA
2022-08-15    769

Xabaringiz bor, respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, talabalar o'rtasida munosabatlarni mustahkamlash, ularga uslubiy, ilmiy va psixologik yordam ko'rsatish maqsadida tyutorlik faoliyati tashkil etilgan.

 

Andijon davlat universitetida ham tyutorlarni ishga qabul qilish bo'yicha suhbat bo'lib o'tmoqda. Bu yilgi qabul jarayoniga 123 nafar talabgor hujjat topshirgan bo'lib, ular orasidan suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar universitetga qabul qilinadi va tyutor sifatida ish faoliyatini boshlaydilar.

 

Tyutorlar faoliyatini tartibga solish va talabgorlarni adolatli hamda shaffof tarzda tanlab olish uchun universitet rektori Akramjon Yuldashev boshchiligidagi ishchi guruh ish olib bormoqda.

 

Eslatib o'tamiz, universitetimizda tyutorlarni saralash bo'yicha suhbat jarayonlari joriy yilning 16-avgust kuniga qadar o'tkazilishi belgilangan.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.