Andijon Davlat
Universiteti
13-AVGUST-TEXNIKUMLARNI A'LO BAHOLARGA TAMOMLAGAN BITIRUVCHILAR UCHUN SUHBAT JARAYONLARINING SO’NGI KUNI
2022-08-13    644

Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori bilan Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga suhbat asosida o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom tasqdiqlangan.

11-avgust kunidan boshlab Andijon davlat universitetida texnikumni a'lo baholarga tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlariga start berilgan edi.

Bugun, 13-avgust texnikumni bitiruvchilari uchun Kompyuter injiniringi: AT-Servis yo'nalishidan suhbat o'tkazishning oxirgi kuni bo'lib o'tdi. Suhbat jarayoni universitetning professor-o'qituvchilari va soha mutaxassislari tomonidan shaffof va adolatli tarzda olib borildi.

Suhbat jarayonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlarni qutlab, kelgusidagi o'qishlariga omad tilaymiz.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.