Maʼlumki, joriy yilning 5-sentyabr kunidan yangi oʻquv yili boshlanadi. Shu munosabat bilan oliy taʼlim muassasalarida bu jarayonlarga qizgʻin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Bugun, 12-avgust kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida 2022/2023-o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish masalasiga bagʻishlangan navbatdagi rektor huzuridagi kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yig’ilishda universitetimiz prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.
Mazkur yigʻilishda universitet rektori Akramjon Yuldashev tomonidan prorektorlar, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlariga yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ko’rish boʻyicha muhim koʻrsatmalar berib oʻtdi va oʻquv jarayonlarini yaxshilash uchun mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanish kerakligi taʼkidlandi.
Yig’ilish davomida prorektorlar, magistratura hamda sirtqi bo'lim boshliqlari ham yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish, 2021/2022-o’quv yilida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni yangi o’quv yilida takrorlamaslik va kelgusidagi qilinishi lozim bo'lgan rejalari yuzasidan o’zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Yig’ilish so’ngida rektor yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish masalasida barcha mas’ullarga belgilangan tartibda qat'iy ko’rsatmalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI