Avval xabar qilganimizdek, texnikumlarni aʼlo baholarga imtiyozli ravishda tamomlagan bitiruvchilar oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga suhbat asosida qabul qilinishi belgilangan edi.
Bugun, 11-avgust kuni Andijon davlat universitetida Oziq-ovqat texnologiyasi hamda Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari boʻlib oʻtmoqda. Ushbu jarayonlarni Andijon davlat universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, professor Akramjon Yuldashev ochib berdi va barcha talabgorlarga omad tiladi.
Suhbat belgilangan mezonlar asosida universitetning mazkur yo'nalishdagi professor-o'qituvchilari va soha mutaxassislari tomonidan o'tkazilmoqda. Unda abituriyentning sohaga oid bilimi, dunyoqarashi va kelgusi rejalari mutaxassislar tomonidan baholanmoqda.
Andijon davlat universiteti matbuot xizmati barcha talabgorlarga omad tilab qoladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI