Andijon Davlat
Universiteti
7-AVGUST - SIRTQI TAʼLIM UCHUN ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN YOʻNALISHLAR UCHUN KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARNING SO'NGGI KUNI
2022-08-07    1120

Bugun, 7-avgust kuni Andijon davlat universitetida alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning so'nggi kuni bo'lib o'tmoqda.

Imtihonda belgilangan grafik asosida futbol hamda boks yoʻnalishida sirtqi taʼlimda tahsil olishga istak bildirgan soʻnggi abituriyentlar sinovdan oʻtmoqdalar.

Imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o'tishida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i o'rinbosari Xurshid Eshov boshchiligdagi ishchi guruh nazorat olib bormoqda.

Ma'lumot o'rnida Andijon davlat universitetiga alohida iqtidor talab etiladigan 61010300 - Sport faoliyati: boks va 61010300 - Sport faoliyati: futbol yoʻnalishlariga sirtqi ta'lim shakli bo'yicha jami 384 nafar abituriyentlar roʻyxatdan oʻtgan. Shulardan, 100 nafari qabul qilinishi belgilangan.

Abituriyenlarning ota-onalar uchun Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida o‘rnatilgan katta monitor orqali imtihon jarayonlarini kuzatib borishi uchun qulay sharoit yaratilgan. 

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati barcha abituriyentlarga omad tilab, ularni talabalarimiz qatorida koʻrishni istab qoladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.