Andijon Davlat
Universiteti
6-AVGUST - SIRTQI TAʼLIM UCHUN ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN YOʻNALISHLAR UCHUN KASBIY(IJODIY) IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA
2022-08-06    901

Bugun, 6-avgust kuni Andijon davlat universitetida 2 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha alohida iqtidor talab etiladigan sport faoliyati: futbol hamda boks yo'nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

 

Universitetda imtihon jarayonlari ikki smenada: ertalabki 8:00 dan kechki 19:00 gacha o‘tkazilishi belgilangan.

 

Ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazilishi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas'ul xodimlari, keng jamoatchilik va OAV xodimlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

 

Abituriyentlarning ota-onalari va barcha qiziquvchilar live.adu.uz platformasi orqali imtihonlarni jonli efirda kuzatib borishlari mumkin. Imtihonlarda xavfsizlikni taʼminlash hamda tartibli o‘tishini Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari nazorat qilib bormoqdalar.

 

Abituriyentlar imtihon natijalarini Andijon davlat universitetining rasmiy web-sayti adu.uz hamda ijtimoiy tarmoqdagi telegram kanali orqali bevosita kuzatib borishlari mumkin.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.