Andijon Davlat
Universiteti
5-AVGUST - SIRTQI TAʼLIM UCHUN ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN YOʻNALISHLARGA KASBIY(IJODIY) IMTIHONLARNING IKKINCHI KUNI
2022-08-05    946

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida 4-avgust sanasidan boshlab sirtqi taʼlimda oʻqishga istak bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy(ijodiy) imtihonlar boshlangan edi.

Bugun, 5-avgust kuni mazkur imtihonlarning navbatdagi qismi boʻlib oʻtmoqda. Sinovlarda boks hamda futbol yoʻnalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar qatnashmoqdalar.

Imtihonlarga malakali tibbiy xodimlar, milliy gvardiya hamda ichki ishlar xodimlari jalb etilgan boʻlib, ular sinovlar davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning oldini olmoqdalar.

 

Abituriyentlarning ota-onalari live.adu.uz sayti orqali imtihon jarayonlarini kuzatib turishlari mumkin.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.