Andijon Davlat
Universiteti
4 - AVGUST - SIRTQI TAʼLIM UCHUN ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN YOʻNALISHLARGA KASBIY(IJODIY) IMTIHONLAR BOSHLANDI
2022-08-04    928

Ma'lumki, Andijon davlat universitetida alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 31-iyuldan 7-avgustga qadar o‘tkazilishi belgilangan. 

 

 

Universitetga alohida iqtidor talab etiladigan 2 ta ta'lim yoʻnalishlariga sirtqi ta'lim shakli bo‘yicha jami 384 nafar abituriyentlar roʻyxatdan oʻtgan.

 

Bugun, 4-avgust kuni sirtqi ta'lim shakli bo'yicha futbol hamda boks yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar imtihon topshirmoqdalar. Oliygohimizda imtihonlar 2 smenada ertalabki 8:00 dan  kechki 19:00 gacha o'tkazilishi belgilangan .

 

Mazkur sinovlar ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun vazirlikning masʼul xodimlari hamda jamoatchilik nazorati, Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi vakillari, jurnalistlar ishtirok etmoqdalar.

 

Universitetimizda o'tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini abituriyentlarning ota-onalari live.adu.uz platformasi orqali jonli kuzatib borishlari mumkin.

 

Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimalari imtihon jarayonlari o'tkazilayotgan hududda xavfsizlikni ta'minlab bermoqdalar.

 

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.