Andijon Davlat
Universiteti
3 - AVGUST - KUNDUZGI TAʼLIM UCHUN ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN YOʻNALISHLARGA KASBIY(IJODIY) IMTIHONLARNING SOʻNGGI KUNI
2022-08-03    925

Bugun, 3-avgust kuni Andijon davlat universitetida alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar uchun kasbiy(ijodiy) imtihonlarning navbatdagi qismi boʻlib oʻtmoqda. 3-avgust kuni futbol hamda boks yoʻnalishida kunduzgi taʼlimda tahsil olishga istak bildirgan soʻnggi abituriyentlar sinovdan oʻtmoqdalar.


Bugun kunduzgi taʼlimda alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar uchun kasbiy(ijodiy) imtihonlar yakunlanib, 4-avgustdan sirtqi taʼlim uchun sinovlar boshlanadi.

Ma'lumot o'rnida Andijon davlat universitetiga alohida iqtidor talab etiladigan 61010300 - Sport faoliyati: boks, 61010300 - Sport faoliyati: futbol va 61010300 - Sport faoliyati: kurash yoʻnalishlariga kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha jami 451 nafar nafar abituriyentlar roʻyxatdan oʻtgan. Shulardan, 125 nafari qabul qilinishi belgilangan.

Andijon davlat universiteti matbuot xizmati barcha abituriyentlarga omad tilab, ularni talabalarimiz qatorida koʻrishni istab qoladi.

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.