Andijon Davlat
Universiteti
2-AVGUST - ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN YOʻNALISHLARGA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARNING UCHINCHI KUNI
2022-08-02    948

Xabaringiz bor, 31-iyul - 7-avgust sanalari oraligʻida universitetimizda alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.

 

Bunda jismoniy madaniyat fakultetining sport faoliyati kurash, boks va futbol taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar imtihon topshirmoqdalar.

 

Bugun, 2-avgust kuni mazkur sinovlarning navbatdagi qismi boʻlib oʻtmoqda. Abituriyentlarning ota-onalari uchun Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida kutish zali tashkil etilgan bo‘lib, hududlarga o'rnatilgan 20 ta kuzatuv kameralari orqali imtihon jarayonlarini katta manito'rda bevosita toʻliq holatda kuzatmoqdalar. Ushbu imtihonlarning shaffof va adolatli tarzda oʻtayotganiga bevosita ota-onalar ham guvoh boʻlmoqdalar.

 

 

Imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazilishida vazirlikning mas'ul xodimlari hamda jamoatchilik nazorati tomonidan ham nazorat qilib borilmoqda. 

 

Sinovda ishtirok etayotgan abituriyentlarga barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari hamda malakali shifokorlar jalb etilgan.

 

Imtihon topshirayotgan barcha abituriyentlarga omad tilab, ularni talabalarimiz qatorida boʻlishlarini tilab qolamiz.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.