Andijon Davlat
Universiteti
1-AVGUST - ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN YOʻNALISHLARGA KASBIY(IJODIY) IMTIHONLARNING IKKINCHI KUNI
2022-08-01    1039

Bugun, 1-avgust kuni Andijon davlat universitetida alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning navbatdagi qismi boʻlib oʻtmoqda.

 

Imtihonlar 2 smenada 8:00 dan 18:00 gacha tashkil qilingan va abituriyentlar imtihon topshrishilari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

Bugun, kurash, futbol hamda boks yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar imtihon topshirmoqdalar. Mazkur sinovlar ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun vazirlikning masʼul xodimlari hamda jamoatchilik nazorati, Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi vakillari, jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

Abituriyentlarga kerakli qulayliklar yaratilgan, shuningdek, jarayonga milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari hamda malakali tibbiyot xodimlari jalb qilingan.

 

Abituriyentlarning ota-onalari imtihonlarni bevosita live.adu.uz platformasi orqali jonli kuzatib turishlari mumkin.

 

Ushbu sinovlarda barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.