Andijon Davlat
Universiteti
BAYRAM TADBIRI
2018-03-09    7681

Universitetning katta majlislar zalida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazidi. Tadbirda universitetda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Universitet rektori professor Akramjon Yuldashev ayol professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba qizlarini qizg‘in tabrikladi. Barcha fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, iqtidorli talaba-yigitlari tomonidan ayollarga gul va esdalik sovg‘alari tarqatildi.   

Tadbirda ishtirokchilarga fizika-matematika va pedagogika fakultetlari jamoasi va universitetning iqtidorli talaba-yigitlari tomonidan “Saxnada erkaklar” madaniy-ma’rifiy musiqali dastur asosida QVZ, ayollarni madx etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari taqdim etildi. Bayram tadbiriga Andijon shahar “Bahor” ansambli jamoasining chiqishlari yanada ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Shu kuni universitetda bayram munosabati bilan Marg‘ilon hunarmandlarining “Marg‘ilon adraslari va maxsulotlari” ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etildi.

Bayoram tadbiri barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bahromjon BADALOV
Ma'naviy-axloqiy tarbiya bo'limi uslubchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.