Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA ALOHIDA IQTIDOR TALAB ETILADIGAN TAʼLIM YOʻNALISHLARIDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARGA START BERILDI
2022-07-31    1029

Respublikamizdagi 46 ta oliy ta'lim muassasalarida alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 31-iyuldan 10-avgustga qadar o‘tkazilishi belgilangan. Andijon davlat universitetiga alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlarning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha 835 nafar abituriyentlar roʻyxatdan oʻtgan.

Bugun, 31-iyul kuni Andijon davlat universitetida 3 ta taʼlim yoʻnalishi bo‘yicha, alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

 

Universitetimizda imtihonlar ikki smenada birinchi smena 8:00 dan 13:00 gacha, ikkinchi smena 14:00 dan 18:00 gacha o‘tkazilishi belgilangan.

O'tkazilayotgan ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazishda vazirlikning mas'ul xodimlari hamda jamoatchilik nazorati tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Abituriyentlarning ota-onalari imtihon jarayonlarni live.adu.uz platformasi orqali jonli kuzatib bormoqdalar.

 

Bugungi imtihonlarda 3 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 150 nafar abituriyentlarning imtihon topshirishi rejalashtirilgan.

Imtihon jarayonlarida tibbiyot xodimlari har bir abituriyentni sogʻligini alohida nazorat qilib bormoqdalar.

Abituriyentlar uchun suv va salqin ichimliklar tashkil qilingan. Xavfsizlikni taʼminlash uchun Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari jalb etilgan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.