Bugun, 30-iyul kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida vazirlikning mas'ul xodimlari boshchiligida bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarning oʻtkazilishiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Ushbu yig'ilishda Andijon davlat universiteti hamda Andijon davlat pedagogika instituti rektorlari, prorektorlar va kasbiy (ijodiy) imtihon komissiya raisi va aʼzolari ishtirok etdilar.
Yig'ilish davomida rektorlar oliy taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni belgilangan grafik asosida, tartibli va shaffof oʻtkazilishiga shaxsan javobgar ekanliklari alohida taʼkidlandi. Barcha mas'ullarga bo'lib o'tadigan imtihon jarayonlariga sitqidildan yondashib, imtihon jarayonlari shaffof, adolatli o'tkazilishi alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, abituriyentlar ota-onalari uchun muassasa hududida imtihon jarayonlarini ochiq, shaffof, hamda adolatli o‘tkazish, jarayonlarni videotranslyatsiya qilish bo'yicha mas'ul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Yigʻilish soʻngida imtihon jarayonlarini ochiq, shaffof, adolatli va tamomila yangicha formatda tashkil qilgan holda oʻtkazish boʻyicha mas'ullarga koʻrsatmalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI