Andijon Davlat
Universiteti
OʻZBEKISTON AHOLISI NECHA MAROTABA ROʻYXATGA OLINGAN?
2022-07-29    734

Oʻzbekiston hududida dastlabki aholi roʻyxatga olish 1897-yillarda oʻtkazilib, mazkur jarayon aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tugʻilish hamda oʻlim kabi demografik jarayonlarni qamrab olgan.

Keyinchalik, Oʻzbekiston xududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillarda ham roʻhatga olish tadbirlari oʻtkazilgan. Bundan keyingi mustaqillik yillarida, yaʼni Oʻzbekiston respublikasida bu kabi tadbir oʻtkazilgan emas.

Mustaqillikdan soʻng respublikamiz hududida aholini roʻyxatga olish birinchi marta 2023-yilda boʻlib oʻtadi va keyinchalik, har 10 yilda amalga oshiriladi.

Aholini roʻyxatga olishning xuquqiy asosi mavjud boʻlib, 2020-yil 16-martda qabul qilingan “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bunga xizmat qiladi.

Mazkur qonun (ARO) boʻyicha mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonun boʻlib, jarayondagi munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur qonunga koʻra, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etish har bir fuqaroning ijtimoiy burchi sanaladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.