Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Respublikamizda obodonlashtirish oyligi e'lon qilindi.
Mazkur oylik doirasida Andijon davlat universitetida ham obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.
Xususan, bugun, 27-iyul kuni universitetimizning asosiy hududida hashar tashkil etildi. Tashkil etilgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarida universitet rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida butun jamoa ishtirok etdi.
Ushbu hashar doirasida universitetning kirish qismi, asosiy hududda joylashgan asosiy bino, fizika-matematika fakulteti hamda tarix fakulteti binolari atroflarida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Bu ishlar doirasida hududlarda jami 1300 dan ziyod turli xildagi gullar o‘tqazildi, 87 ta mevali va manzarali daraxtlarning tanalari oqlandi, 1500 metr masofadagi ariqlar tozalanib so'ng oqlandi, 950 kv maydondagi gazonlar o'rildi, atrof yanada koʻrkamlashdi.
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayriya hashar natijasida universitet ozoda, shinam va obod holga keltirildi. Hurmatli universitet jamoasi, sizlarni mazkur oylik doirasida faollikka chorlaymiz. Ozod yurtning obodligiga oʻz hissangizni qoʻshing.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI