Bugun, 26-iyul kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida rektor huzurida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitetimiz prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda dekan o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Mazkur yig‘ilishda rektor Akramjon Yuldashev 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni shaffof o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratib, o‘tgan o‘quv yilidagi kamchiliklarni takrorlamaslik uchun har bir mas'ullarga mas’uliyat bilan yondashishi zarurligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng mas'ullarga to‘lov-kontraktdan qarzdor bo‘lgan talabalarni qarzini tezroq bartaraf etishligi, xodimlarning egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar korrupsiyaga qarshi kurashish va unga yo'l qo'ymaslik, universitetda tashkil etilgan murojaatlar bilan ishlash, call-markaz faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish kabi masalalarda mas’uliyatini oshirish lozimligi aytib o'tildi.
Yig‘ilish yakunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Respublikamizda obodonlashtirish oyligi e'lon qilinganligi takidlanib ushbu oylik doirasida barcha professor-o'qituvchilar, ishchi-xodimlar faol ishtirok etishlari belgilandi. Yuqorida ko‘tarilgan bir qator masalalar yuzasidan professor o‘qituvchilarining taklif va mulohazalari tinglandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI