Andijon Davlat
Universiteti
IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI TA’LIMNING BAHOLASH MEZONLARI HAMDA IMTIHON O‘TKAZISH MUDDATLARI TASDIQLANDI
2022-07-23    1320

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Andijon davlat universiteti Ilmiy Kengash majlisining 11-son bayoni bilan universitetning ikkinchi oliy ta’limiga o‘qishga kirish imtihonlarining shakli, baholash mezonlari va imtihon o‘tkazish muddatlari tasdiqlandi.

Ikkinchi va undan keyingi ta’limga o‘qishga kiruvchi talabgorlar uchun kirish imtihonlar 15-avgustdan 25-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Kirish imtihonlari test sinovlar shaklida o‘tkaziladi. Imtihonda (maksimal) to‘plashi mumkin bo‘lgan ball – 100 ball. 

Shundan:

Tegishli mutaxassislik fanlari bo‘yicha 2 balldan 25 ta test savol uchun jami 50 ball;

Talabgorning til bilish darajasini aniqlash bo‘yicha 2 balldan 15 ta test savol uchun jami 30 ball;

Talabgorning IQ sini aniqlash bo‘yicha 2 balldan 10 ta test savol uchun jami 20 ball;

 

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2022. Barcha huquqlar himoyalangan.