Bugun, 22-iyul kuni Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida bo'ldi.
Mazkur muassasada viloyat oliy ta’lim muassasalarining rektorlari hamda davlat xususiy-sherikchilik asosida qurilishi boshlangan MCHJ rahbarlari bilan uchrashib, muassasada barpo etilayotgan talabalar turar joylari taqdimoti bilan tanishdi.
Zamonaviy va jahon standarti talablariga mos keladigan talabalar turar joyi Andijon davlat universiteti hududida ham bunyod etilmoqda. Taqdimot jarayonida universitet rektori Akramjon Yuldashev oliygohimizda “Husanboy HOUSE” MCHJ tomonidan davlat xususiy-sherikchilik asosida olib borilayotgan qurilish loyihasi xususida viloyat hokimiga ma’lumot berib o’tdi.
Ta’kidlash joiz, Andijon davlat universiteti hududida qurilayotgan talabalar turar joyi 400 o’rinni tashkil etadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI