Andijon Davlat
Universiteti
O‘ZBEKISTON AHOLISI NECHA MAROTABA RO‘YXATGA OLINGAN?
2022-07-22    533

O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxatga olish 1897-yillarda o‘tkazilib, mazkur jarayon aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish hamda o‘lim kabi demografik jarayonlarni qamrab olgan.

 Keyinchalik, O‘zbekiston xududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillarda ham ro‘hatga olish tadbirlari o‘tkazilgan. Bundan keyingi mustaqillik yillarida, ya’ni O‘zbekiston respublikasida bu kabi tadbir o‘tkazilgan emas.

 Mustaqillikdan so‘ng respublikamiz hududida aholini ro‘yxatga olish birinchi marta 2023-yilda bo‘lib o‘tadi va keyinchalik, har 10 yilda amalga oshiriladi.

 Aholini ro‘yxatga olishning xuquqiy asosi mavjud bo‘lib, 2020-yil 16-martda qabul qilingan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bunga xizmat qiladi. Mazkur qonun (ARO) bo‘yicha mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonun bo‘lib, jarayondagi munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur qonunga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish har bir fuqaroning ijtimoiy burchi sanaladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.