Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJONDA “INNOWEEK.UZ-2022” HAFTALIGINING VILOYAT BOSQICHI BOʻLIB OʻTMOQDA
2022-07-18    636

“InnoWeek.uz” - Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining hududiy bosqichiga start berildi. Bugundan boshlab respublika boʻylab bosqichma-bosqich hududiy innovatsion gʻoyalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Bugun navbat Andijonga!

Oliy taʼlim muassasalari, yosh ixtirochilar hamda tadbirkorlarni birlashtirgan ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad viloyatda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularni tadbirkorlar bilan bogʻlash orqali ilmiy asoslangan mahsulot va xizmatlarni amaliyotga joriy qilishdan iborat.

Ikki kun davom etishi rejalashtirilgan koʻrgazmada Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev boshchiligida yosh ixtirochilarimiz o'zlarining ishlab chiqarilgan fundamental, amaliy, innovatsion, tijoratlashtirish hamda start ap loyihalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Jumladan, Biogazli fermentatsiya asosida mahalliy chiqindilardan olingan organik o‘g‘itni mikrobiologik boyitish va qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llash. Loyiha muallifi: Zoologiya va biokimyo kafedrasi o‘qituvchisi Tashbaev Sherzodbek.

Masofadan turib namlikni, temperaturani, yorug‘lik intensivligini o‘lchovchi qurilma. Loyiha muallifi: Fizika-matematika fakulteti magistranti  G‘ulomov Jasurbek.

O‘zaro ulangan, moslanuvchan va aqlli svetofor boshqarish tizimlarini ishlab chiqish. Loyiha muallifi: Andijon davlat universiteti doktoranti (DSc) Azimjonov Jaxongir.

Gibrid quyosh shamol qurilmasi. Loyiha muallifi: Andijon davlat universiteti doktoranti (PhD) Mirzaalimov Navruzbek.

O‘zbekiston eksklavlari antropogen bosimini baholash va demografik prognozini ishlab chiqish. Loyiha muallifi: Geografiya kafedrasi mudiri Isaev Abarjon.

Tabiiy biologik faol moddalarning (flavonoidlar, palifenollar) yurak-qon tomir tizimiga ta’sir mehanizmlarini o‘rganish asosida potensial farmokologik preparatlarini ishlab chiqish. Loyiha muallifi: Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi  kafedrasi mudiri  Zaynobiddinov Anvarjon.

Eng yaxshi deb topilgan ishlanma va ixtirolarga joriy yilning kuz oylarida Innovatsion rivojlanish vazirligida oʻtkaziladigan “InnoWeek.uz - 2022” xalqaro koʻrgazmasida qatnashish uchun yoʻllanma hamda qimmatbaho sovgʻalar topshiriladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.