Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA "REKTOR STIPENDIYASI" TANLOVINING TAQDIRLASH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI
2022-07-15    717

Xabaringiz bor, universitetimizda tahsil oluvchi iqtidorli, faol, namunali xulqli hamda tashabbuskor, bir necha sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan talabalar oʻrtasida "Rektor stipendiyasi" tanlovi oʻtkazilgan edi. Mazkur tanlovda koʻplab talabalar ishtirok etib, turli shartlar boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

 

Bugun, 15-iyul kuni ushbu tanlovning so'ngi bosqichida faol ishtirok etgan talabalar hamda tanlov gʻolibini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tanlovda g'olib bo'lgan ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining 2-bosqich talabasi Xumoyunmirzo Poziljanovni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev taqdirladi va kelgusida bundanda yuqori cho'qqilarni egallashida ulkan zafarlar tiladi.

 

 

Shundan so'ng universiteti huzuridagi Shahrixon, Izboskan, Xonobod sanoat texnikumi hamda litsey bitiruvchi-yoshlari o'rtasida o'tkazilgan sport musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar universitet prorektorlari tomonidan I, II, III darajali diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

 

Taqdirlash marosimi bayramona ruhda oʻtdi. Iqtidorli talabalarimiz tomonidan taqdim etilgan kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarning kayfiyatini koʻtarib, estetik zavq ulashdilar.

 

Shuningdek, oliy taʼlim muassasalari teatr studiyalari oʻrtasida oʻtkazilgan "Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyasi - 2022" koʻrik-tanlovning viloyat hamda mintaqa bosqichlarida gʻolib boʻlib, respublika bosqichida munosib ishtirok etgan universitetimizning "Humo" talabalar teatr studiyasi aʼzolari ham rektorimiz tomonidan munosib taqdirlandilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.