Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI HUZURIDAGI TEXNIKUM HAMDA LITSEY BITIRUVCHILARI UNIVERSITETIMIZDA
2022-07-15    719

Bugun, 15-iyul kuni Andijon davlat universiteti huzuridagi Shahrixon agrosanoat texnikumi, Izboskan agrosanoat texnikumi, Xonobod sanoat texnikumi hamda litsey bitiruvchi-yoshlari oliygohimizga tashrif buyurdilar.

Tashrif buyurgan yoshlar uchun oliygohimizda 5 ta muhim tashabbus doirasida zakovat intellektual o'yini, shaxmat va shashka, street work-out sport turlaridan musobaqalar tashkil etildi.

Dastlab tadbirni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev kirish soʻzi bilan ochib berdi va o‘z nutqida bitiruvchi-yoshlarni kelgusidagi faoliyatlariga omad tilab, universitetimizda talabalarni bilim olishlari uchun yaratiladigan imkoniyatlar hamda ulardan talab qilinadigan ulkan mas'uliyatlar haqida gapirib o‘tdi.

Musobaqalar universitet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha prorektor A'zamjon Hamraqulov boshchiligida tashkil etildi. Mazkur musobaqada 150 nafardan ziyod bitiruvchi-yoshlar ishtirok etib, g'oliblik uchun qizgʻin bahs olib bordilar.

Sport musobaqalari hamda intellektual o'yinlari yakunlangach, ularda g'olib bo'lgan yoshlar Andijon davlat universiteti rektori tomonidan I, II, III darajali diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.