Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING SIRTQI BO'LIM TALABALARI TOMONIDAN IJODIY KO'RGAZMA TASHKIL ETILDI
2022-07-05    833

Joriy yilning 5-iyul kuni Andijon davlat universitetining sirtqi bo'limida ta'lim olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan ijodiy ko'zrgazma bo'lib o'tdi.

Bo'lib o'tgan ijodiy ko'rgazmada universitetimiz rektori, professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Ajoyib uslubda chizilgan suratlar tomoshabinlarga o'zgacha kayfiyat ulashish bilan bir qatorda oʻzining tabiiyligi talabalarni ham jalb etdi.

Ochiq osmon ostida tashkil etilgan ijodiy ko'rgazma davomida universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev talabalarning ijodiy ishlarini kuzata turib, ularning ijodlariga yanada muvaffaqiyat tiladi.

Ko'rgazmadagi nafis sanʼat asarlariga hamohang tarzda goʻzal musiqa ham yangrab turdi.

 

Tashkil etilgan ijodiy ko'rgazma barcha uchun yuqori kayfiyat ulashdi hamda ko'rgazma so'ngida o'zining ijodiy ishlari bilan tanlovlarda faol ishtirok etib kelayotgan talabalar universitetimiz rektori tomonidan munosib taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.