Andijon Davlat
Universiteti
IJTIMOIY FALSAFA IXTISOSLIGI BO‘YICHA ILMIY KENGASH QOSHIDAGI ILMIY SEMINARNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI HAQIDA E’LON
2022-07-04    564

Andijon davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi majlisi 2022-yil 7-iyul kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:

  1. Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi Toirov Ilxom Yorievichning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “O‘zbekistonning sivilizatsiyali rivojlanishi xususiyatlari va omillari” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya muhokamasi. Ilmiy raxbar: Andijon davlat universiteti "Falsafa" kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, dotsent Yuldasheva Farida Xujamqulovna

Taqrizchilar: 1-taqrizchi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori, dotsent Qodirqulov Ro‘zmatzoda.

2-taqrizchi, Namangan davlat universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Zamilova Rimma Ramilevna.

  1. Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti Xolmirzaev Xurshid Naqibillaevichning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “Inson salohiyatining tuzilishi va ijtimoiy mohiyati” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Andijon davlat universiteti "Falsafa" kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, dotsent Yuldasheva Farida Xujamqulovna

Taqrizchilar: 1-taqrizchi, Andijon davlat pedagogika instituti "Maktabgacha ta’lim" kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori, dotsent Artiqova Muxayyo  Botiralievna.

2-taqrizchi, Farg‘ona davlat universiteti "Fuqarolik jamiyati" kafedrasi mudiri, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent G‘aniev Baxodirjon Foziljonovich.

  1. Turli masalalar.

Hurmat bilan Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi f.f.d.,professor T.Artiqov

Ilmiy seminarning majlisiga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.

Majlis Andijon davlat universiteti ARM binosi, 3-qavat, 201- xonada bo‘lib o‘tadi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.