Andijon Davlat
Universiteti
VILOYAT HOKIMI SHUXRATBEK ABDURAHMONOV UNIVERSITETIMIZ BITIRUVCHILARNING KELGUSI FAOLIYATLARIGA OMAD TILADI
2022-07-04    660

Xabaringiz bor, 1-iyuldan boshlab viloyatimizdagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari raisligiga saylangan fuqarolarga oʻtkaziladigan oʻquv seminarlariga Andijon davlat universiteti mezbonlik qilmoqda.

 

Bugun boʻlib oʻtgan seminarda viloyatimiz hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Seminardan soʻng hokim universitetimiz bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbat qurdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda universitetimizni 20 yil oldin tamomlagan sobiq talabalar ham ishtirok etdilar.

Suhbat davomida Shuhratbek Qoʻshaqboyevich bitiruvchi talabalarimizning kelgusi ishlarida, oʻquv faoliyati hamda shaxsiy hayotida omad tiladi. Bitiruvchilar ham viloyat hokimi tomonidan bildirilgan ishonch va samimiy tilaklardan mamnun boʻlib, ushbu ishonchni oqlashlarini hamda kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga oʻzining munosib hissasini qoʻshadigan yetuk kadr boʻlib yetishishga vaʼda berdilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.