Davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning biri - xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalariga amaliy yondashishdan iborat.
Shu maqsadda bugun, 29-iyun kuni 2-TTJda yashovchi tabiiy fanlar, pedagogika, fizika-matematika, ijtimoiy-iqtisodiyot, tarix fakulteti talaba-qizlarining darsdan boʻsh vaqtlarini qoʻshimcha kasb-hunarga hamda xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish”, “Oʻzbekistonda internet doʻkonlar faoliyatlari” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
Mavzu doirasida talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga oliy toifali huquqshunos, psixolog hamda “Atlas” parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi rahbari Shoiraxon Umrzaqova, Namanganlik tadbirkor ayol Dilafruz Mamatqulova tomonidan batafsil maʼlumot, tavsiya va maslahatlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI