Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING TARIX FAKULTETI TALABALARI OʻQUV AMALIYOTIDA
2022-06-29    560

Bugungi kunda oliy taʼlim tizimida talabalarning nazariy bilimlarini olishlari bilan bir qatorda bu bilimlarni mustahkamlash maqsadida amaliyot qilishlariga ham eʼtibor qaratilmoqda. Xabaringiz bor, yaqinda tabiiy fanlar fakulteti talabalari dala oʻquv amaliyotida boʻlgan edilar.

Joriy yilning 27-iyun kuni tarix fakulteti tarix (jahon mintaqalari boʻyicha) yoʻnalishi 2-bosqich talabalari Oʻzbekiston tarixi fanidan oʻquv amaliy mashgʻulotini bajarish maqsadida joʻnab ketdilar.

Talabalar mazkur fan boʻyicha olgan bilimlarini amalda mustahkamlash uchun yurtimizning qadimiy maskanlaridan boʻlgan Toshkent, Samarqand, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida boʻladilar.

O'zlarining sayohati mobaynida talabalar "Go'ri amir" maqbarasida bo'ldilar va u yerda joylashgan qadimiy eksponatlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

 

Tashkil etilayotgan bu kabi amaliyotlar talabalarning kelgusidagi ish faoliyatlariga dasturul amal bo'lib xizmat qiladi hamda O'zbekiston tarixini yanada chuqurroq egallashga ko'nikma bo'la oladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.