Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN FAKULTETLAR MATBUOT KOTIBLARI HAMDA BLOGERLAR TAQDIRLANDILAR
2022-06-27    570

Xabaringiz bor, 27-iyun mamlakatimizda "Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" sifatida nishonlanib kelinmoqda. Ushbu sana doirasida joylarda tadbirlar tashkil qilinmoqda.

 

Andijon davlat universitetida ham mazkur sana munosabati bilan bir qator faol yoshlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu marosimda universitetimiz rektori A. S. Yuldashev, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor R. Mullajonov, axborot-texnologiyalari boʻyicha prorektor M.Mahkamov, kasaba uyushmalari boʻlim rahbari M. Botirov, rektor maslahatchisi A. Yuldashev, universitet rektorining axborot masalalari boʻyicha maslahatchisi I. Djumabayev, universitet yoshlar yetakchisi O. Olimjonovlar ishtirok etdilar.

 

Uchrashuvda 2021-2022-oʻquv yilida Andijon davlat universiteti matbuot xizmati bajargan ishlar, tayyorlangan materiallar va erishgan yutuqlar muhokama qilindi.
  
Shuningdek, fakultet matbuot kotibi sifatidagi faoliyati davomida boshqalarga na'muna boʻlayotgan talabalar hamda faol blogerlar tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.