Andijon Davlat
Universiteti
YOUNGSAN UNIVERSITETI PROFESSORI JEONG-OH HAM ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI
2022-06-27    559

Xabaringiz bor, Andijon davlat universiteti xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik munosabatlarini izchil amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, bugun, 27-iyun kuni Andijon davlat universitetiga Janubiy Koreya Respublikasining Pusan shahrida joylashgan Youngsan universitetidan ikki oliy ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida professor Jeong-Oh Ham tashrif buyurdi.

Dastlab universitetimizning kichik majlislar zalida ikki oliy ta'lim rahbari uchrashib, kelgusida hamkorlik aloqalar mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv so‘ngida  professor Jeong-Oh Ham Andijonning mehmondo‘st xalqidan mamnunligini, ikki universitet o'rtasida uzoq yillar hamkorlik aloqalarini izchil ravishda rivojlanishidan manfaatdor ekanliklarini izhor qildi.

Andijon davlat universitetining ana shunday oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorligi kelgusida oliygohimiz yoshlarining xorijda ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.