Andijon Davlat
Universiteti
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI KEGEYLI TUMANIDAN TASHRIF BUYURGAN YOSHLAR ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA
2022-06-24    588

Xabaringiz bor, kuni kecha Andijon viloyatiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Kegeyli tumanidan kelgan yoshlar delegatsiyasi tantanali kutib olingan edi.

 

Bugun, 24-iyun kuni Kegeyli yoshlari Andijon davlat universitetiga sayohat uyushtirdilar. Dastlab mehmonlar karnay sadolari ostida kutib olindi hamda universitetimiz talabalari ijrosida “Andijon polka”siga raqsga tushdilar. Ularni qarshi olgan universitet rektori Akramjon Yuldashev mehmon yoshlarga o'zining samimiy tilaklarini bildirdi.

 

Kegeylining faol yoshlari universitetimizda “Yoshlar oyligi" doirasida o’tkazib kelinayotgan sportning voleybol, shaxmat, shashka va futbol musobaqalarda faol ishtirok etib, o‘zlarini jismoniy tayyorgarliglarini sinab ko’rdilar.

  

Shundan so‘ng mehmonlarga universitetimizning iqtidorli sportchilari tomonidan stol tennis, suzish, street workout sport turlaridan o‘zgacha chiqishlar namoyish etildi.

 

So’ngra universitetimizning axborot resurs markazida “Zakovat” klubi koordinatori tomonidan zakovat bahslari tashkil etildi. Bunda Kegeylining bilimga chanqoq yoshlar o’zlarining bilim-ko’nikmalarini ishga solib g’olioblik uchun kurashdilar.

 

Bundan tashqari universitetimizning katta majlislar zalida tashkil etilgan tadbir shousi Kegeyli yoshlarida o’zgacha kun sifatida yodida qoldi. Tadbirda sanʼatshunoslik fakulteti talabalaridan tashkil topgan "Nihol" talabalar ijodiy jamoasi oʻzining chiqishlari bilan barchaning koʻnglini xushnud etishdi.

 

Tadbir yakunida rektori boshchiligida Andijon viloyatdagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat musiqali dramma teatri tomon yo'l oldilar.

Kun davomida tashkil etilgan tadbirlardan mehmonlarimiz judayam mamnun bo’ldi hamda tashkilotchilarga o‘zlarining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.