Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZNING 1-2-TALABALAR TURAR JOYLARIDA MILLIY LIBOSLAR KO'RGAZMASI BO'LIB O'TDI
2022-06-23    819

"Yoshlar oyligi" doirasida ko'tarinki shukuh ostida o'tkazilayotgan tadbirlarning navbatdagi soni joriy yilning 23-iyun kuni universitet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi tashabbusi bilan universitetimizning 1-2-talabalar turar joylarida milliy va zamonaviy liboslar ko'rgazmasi boʻlib oʻtdi. 

 

Talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar oʻrtasida kiyinish madaniyati targʻibotini tashkil etish, milliy qadriyat va milliy liboslarimizga boʻlgan hurmat tuygʻularini yanada yuksaltirishga qaratilgan ushbu tadbirda 1- va 2-sonli TTJda yashovchi 20 dan ortiq talaba-qizlar atlas, adras, bahmal, beqasam va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan zamonaviy liboslar bilan ishtirok etdilar.

  

Har bir millat va elat oʻz milliy liboslari bilan koʻrkam koʻrinadi va gʻururlanadi. Keyingi vaqtlarda milliy liboslarimizga yanada qiziqish kuchaymoqda. Faqat toʻy, tantanalarda emas, oddiy kunlarda ham qiz, ayollarimiz milliy liboslarda koʻrinishmoqda.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.