Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZDA MUHAMMADALI AHMEDOVNING 80 YILLIK YUBILEY KECHASI BO'LIB O'TDI
2022-06-23    526

Universitetimizning kichik majlislar zalida O'zbek adabiyoti tarixida ilk bor nasrda ulug' sohibqiron Amir Temur siymosini gavdalantirgan, "Ulug' saltanat" nomli asari bilan adabiyot xazinasiga katta hissa qo'shgan Muhammadali Ahmedovning 80 yilligi munosabati bilan ijodiy kecha o'tkazildi.
  

Ijodiy kechaga O'zbek adabiyoti vakillaridan Shoyim Bo'tayev, Jumanazar Beknazarov, Adahambek Alimbekov, Humoyun Akbar hamda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Erkin Komilov tashrif buyurdi.

 

Tadbir kechasini dastlab Andijon davlat universiteti rektori,  professor Akramjon Yuldashev ijodkorga atalgan o'zining samimiy so'zlari bilan ochib berdi va yubiley kuni munosabati bilan chopon kiydirdi.

So'ngra viloyatimiz rahbari Shuhratbek Abdurahmonovning yozuvchi M.Ahmedovga atalgan iliq fikrlarini yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati raisi Xurshidabonu davra qatnashchilariga yetkazdi.

 

Ijodiy kecha davomida so'z olgan O'zbekiston xalq artisti Erkin Komilov o'zining dil tortar monologlari, to'rtliklari bilan kechaga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

Kecha so'ngida tadbir ishtirokchilarigta ijodkor M.Ahmedov qalamiga mansub sara asarlar tarqatildi. Bo'lib o'tgan uchrashuv barcha uchun manzur bo'ldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.