Andijon Davlat
Universiteti
XUMOYUNMIRZO POZILJONOV ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING "REKTOR STIPENDIYASI" SOHIBI
2022-06-22    507

Bugun, 22-iyun kuni universitetimizning iqtidorli talabalarini ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan “Rektor stipendiya”si tanlovi yakuniy bosqichi oʻtkazildi.

 

Tanlovda oliygohimizning turli fakultetlaridan boʻlgan ijodkor, ixtirochi, bilimdon va isteʼdodli 13 nafar talaba-yoshlar birma-bir komissiya aʼzolari suhbatdan oʻtdilar. Suhbat davomida barcha nomzodlar oʻzlari va raqiblarining imkoniyatlari qanday ekanini kuzatib bordilar.

 

Suhbatning yakuniy natijalariga koʻra Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining 2-bosqich talabasi Xumoyunmirzo Poziljonovni gʻoliblikka munosib deb topildi.

Xumoyunmirzo Poziljonovni hamda unga ilmiy rahbarlik qilgan ustozi Ilhomjon Umarovni ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz va kelgusida bundanda yuksak natijalarga erishishlarini tilaymiz. 


Rektor stipendiyasi gʻolibini 30-iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan boʻlib oʻtadigan tadbirda taqdirlanadi. Gʻolibga bir yil davomida eng kam oylik ish haqi miqdorida stipendiya toʻlab boriladi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.