Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI NODIRBEK MO'MINOV OSIYO CHEMPIONATIDA FAXRLI 2-O'RINNI EGALLADI
2022-06-20    454

Joriy yilning 10-15-iyun kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida sportning qilichbozlik turi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti talabasi Nodirbek Mo‘minov munosib ishtirok etib, O'zbekiston sha'nini munosib himoya qildi va faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

Nodirbek Mo'minov hamda unga saboq bergan ustozi Baxtiyorjon G'aniyevni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev erishgan ushbu yutug'i bilan samimiy qutladi va kelgusida bundanda yuksak g'alabalarni egallashida doimo qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Bilimga chanqoq, iqtidorli, Vatanimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'taradigan talabalarimiz safi kengayaversin!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.