Andijon Davlat
Universiteti
G'OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI
2022-06-20    509

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetida fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi professor- o’qituvchilari hamda xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi (LPA) hamkorligida universitetimiz professor-o'qituvchilari o’rtasida "English Test for ASU-Non-philology teachers 2022" nomli olimpiada o'tkazilgan edi.

  

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko'ra:

1-o'rinni O'zbekiston tarixi kafedrasi o'qituvchisi Shaxboz Hodjiyev

2-o'rinni kimyo kafedrasi o‘qituvchisi Jamshidbek Xabibullayev

3-o'rinni esa kompyuter injiniring kafedrasi o‘qituvchisi Nosirbek Abdurazzoqov egalladi.

 

Bugun, 20-iyun kuni ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, g'olib bo'lgan professor-o'qituvchilar universitet ma'muriyati hamda fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi mudiri tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

 

G'oliblarimizni kelgusi ilmiy faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.