Andijon Davlat
Universiteti
KUN UZ SAYTI VODIY VILOYATLARI MUHBIRI ELMUROD ERMATOV "YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDA UNIVERSITETIMIZ TALABALARI BILAN DAVRA SUHBATI O'TKAZDI
2022-06-18    621

Xabaringiz bor, viloyatimizda "Yoshlar oyligi" davom etmoqda. Ushbu oylik doirasida Andijon davlat universitetida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari hamda davra suhbatlari ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda.

Jumladan, bugun, 18-iyun kuni Andijon davlat universitetida ijtimoiy-iqtisodiyot dekani professor T.Madumarov tashabbusi bilan "Yoshlar oyligi" doirasida "Oltin qalam" milliy mukofot sohibi, kun uz sayti vodiy viloyatlari muxbiri, jurnalist Elmurod Ermatov bilan talabalarimiz o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida jurnalist H.Vasiyev, universitet rektorining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi, matbuot kotibi I.Djumabayev, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani T.Madumarov, fakultet matbuot kotiblari va blogerlikka qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan davra suhbatida E.Ermatov jurnalistika sohasiga qiziqqan hamda bloger boʻlish istagini bildirgan talaba-yoshlarga badiiy, ilmiy kitoblar mutolaa qilishni va oʻz ustida doimiy ishlashda to'xtamasligini koʻp bora taʼkidladi.

Suhbatda ishtirokchilar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan mavzularda fikr almashdilar.

Suhbat yakunida faol ishtirok etgan hamda tashаbbuskorlik qilgan talabalarga Elmurod Ermatov tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.