Andijon Davlat
Universiteti
O'ZBEKISTON AHOLISI NECHA MAROTABA RO'YHATGA OLINGAN?
2022-06-17    3227

O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro'yxati 1897-yillarda, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlarni qamrab olgan. Keyinchalik O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yhatga olish tadbirlari o‘tkazilgan. Bundan keyin mustaqillik yillarida respublikamizda aholini ro‘yhatga olish tadbirlari o'tkazilmagan. Mustaqillikdan so'ng respublikamizda aholini ro'yhatga olish tadbiri birinchi marta 2023-yilda bo‘lib o‘tadi va har 10 yilda amalga oshiriladi. Aholini ro'yhatga olishning huquqiy asosi bo'lib, 2020-yil 16- marta qabul qilingan “Aholini ro'yhatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xizmat qiladi. Mazkur qonun aholini ro‘yhatga olish bo‘yicha mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonun bo'lib, aholini ro‘yhatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Aholini ro‘yhatga olishda ishtirok etish fuqaroning ijtimoiy burchidir.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.