Joriy yilning 14-15-iyun kunlari Andijon davlat universitetining 2-ma'ruzalar zalida “Mehnatni muhofaza qilish” mavzusida o’quv seminar o’tkazildi.
Ushbu seminarda Andijon davlat universitetining fakultet dekanlari, mas’ul mutaxassislar, ishchi-hodimlar hamda bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.
Seminar boshida o’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov seminarni ochib berdi, so’ngra “Anvarbek” nazorat o’quv muassasasining rahbari Anvarbek Rayimjonov so’z olib, hodimlarning mehnat jarayonida sog‘ligini, mehnat qobiliyati hamda havfsizligini ta'minlashga qaratilgan xuquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, sanitar-gigiyenik jarayonni tashkil etish kerakligini ta’kidlab o’tdi.
Tashkil etilgan seminar yakunida ishtirokchilar o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI