“Yoshlar oyligi” doirasida o’tkazib kelinayotgan “Zakovat” intellektual o’yinlarning bu galgi bahsi bugun 15-iyun kuni Andijon davlat universitetining sirtqi bo’limida tahsil olayotgan talabalar o’rtasida o’tkazildi.
Unda sirtqi bo’limining iqtidorli talabalaridan tashkil topgan 14 ta jamoadan jami 84 nafar talaba ishtirok etdi.
Tashkil etilgan intellektual bahsda talabalar o’zlarining bilim, ko’nikma hamda mantiqiy, teran fikrlash qobilyatlarini sinovdan o’tkazdilar.
Bilimdonlar o’yinining yakuniy natijalariga ko’ra kompyuter injenering IT-servis 102-guruh talabalaridan tashkil topgan “Onlayn” jamoasi faxrli 1-o’rinni egallab keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi hamda sirtqi bo’limi dekani L.A.Qurbonova tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
O’tkazilayotgan intellektual o’yinlarda siz ham ishtirok etib o’z iqtidoringizni namoyon qiling!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI